Maktab qonun-qoidalari

.

 

1-bob.  Umumiy qoidalar

 

1. Mazkur Ustav 329-sonli umumiy o‘rta ta’lim muassasasining (keyingi o‘rinlarda – umumta’lim muassasasi deb ataladi) faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.

Nodavlat umumta’lim muassasi o‘z Ustavini mazkur Nizomga muvofiq ishlab chiqishi va tasdiqlashi tasiya etiladi.

2. Umumta’lim muassasasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa qonunlarga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek,  Xalq ta’limi vazirligining buyruq, topshiriq
va ko‘rsatmalariga hamda mazkur Ustavga amal qiladi.

3. Umumta’lim muassasasi uzluksiz ta’lim tizimining asosiy bo‘g‘ini bo‘lib, u o‘quvchi yoshlarga I-XI sinflar hajmida davlat ta’lim standartlari asosida fan asoslaridan umumiy o‘rta ma’lumot beruvchi majburiy ta’lim muassasasidir.

4. Umumta’lim muassasasi yuridik shaxs hisoblanadi va o‘z Ustaviga, mustaqil balansiga, shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, bank hisob raqamlariga, o‘z nomi ko‘rsatilgan muhrga (O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushiriladi), shtampga va blankalarga ega bo‘ladi.

5. Umumta’lim muassasasi Ustavi Pedagogik kengashda qabul qilinadi, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limida tasdiqlanadi va mahalliy davlat hokimiyati organida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

6. Davlat umumta’lim muassasalarida umumiy o‘rta ta’lim olish bepul amalga oshiriladi.

O‘quvchilarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning (keyingi o‘rinlarda ota-onalar deb yuritiladi) ehtiyojidan kelib chiqib, bolalarning ta’lim-tarbiyasiga ko‘maklashish maqsadida umumta’lim muassasalarida qo‘shimcha pullik ta’lim xizmatlari tashkil etilishi mumkin.

7. Umumta’lim muassasasida ta’lim olish tilini tanlash O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.

8. Umumta’lim muassasasi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimiga kiritilgan Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, Yangihayot tumani xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi ta’lim muassasasi hisoblanadi.

9. Umumta’lim muassasasi Toshkent shahri,  Yangihayot tumanida joylashgan.

 


2-bob. O‘quvchilar sog‘lig‘ini muhofaza qilish

 

46. O‘quvchilarga tibbiy xizmat ko‘rsatish umumta’lim muassasalariga tibbiyot muassasalari tomonidan biriktirilgan tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.

Tibbiyot xodimlari maktab rahbariyati va pedagog xodimlar bilan bir qatorda davolash-profilaktika tadbirlarini tashkil etish, sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena talablariga rioya qilish, ovqatlanish rejimi va sifatiga, o‘quvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va sog‘lomlashtirish uchun mas’uldirlar.

47. Umumta’lim muassasasi rahbariyati tomonidan tibbiyot xodimlarining faoliyat olib borishi uchun zarur shart-sharoitlar (maxsus joy, mebel va tibbiy jihozlar, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan dori-darmonlar) yaratib beriladi.

48. Umumta’lim muassasasi o‘quvchilarini har yilgi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

49. Umumta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonini psixologik jihatdan ta’minlash maktab psixologlari tomonidan amalga oshiriladi.

50. Og‘zaki nutq nuqsonlari va tovush talaffuzida kamchiliklari bo‘lgan o‘quvchilarga korreksion-logopedik yordam berish maqsadida umumta’lim muassasasida o‘qituvchi-logopedlar (defektologlar) faoliyat yuritadigan logopediya shahobchasi tashkil etilishi mumkin.

 

 

3-bob. Ta’lim jarayoni ishtirokchilarining

huquq  va majburiyatlari

 

63. Quyidagilar ta’lim jarayoni ishtirokchilari hisoblanadi:

umumta’lim muassasasining o‘quvchilari (keyingi o‘rinlarda o‘quvchilar deb yuritiladi);

umumta’lim muassasasining pedagoglari (keyingi o‘rinlarda o‘qituvchilar deb yuritiladi);

umumta’lim muassasasining ma’muriyati (direktor, direktor o‘rinbosarlari);

o‘quvchilarning ota-onalari;

 

64. O‘quvchilarning huquqlari:

davlat standartlariga muvofiq umumiy o‘rta ta’lim muassasasida bepul ta’lim olish;

o‘z insoniy qadr-qimmatlarini hurmat qilinishi, vijdon va axborot erkinligini his qilishi, o‘z qarashlari va e’tiqodlarini erkin ifoda etish;

turli xil ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanish, seminarlar, anjumanlar, olimpiadalar, ko‘rgazma va tanlovlarda ishtirok etish;

qo‘shimcha (pullik va bepul) ta’lim  xizmatidan foydalanish;

qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlardan foydalanish.

 

65. O‘quvchilarning majburiyatlari:

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlariga, odob-axloq qoidalariga rioya qilish;

mazkur Ustav va ichki tartib qoidalarini so‘zsiz bajarish;

davlat ta’lim standartlari hajmida umumiy ta’lim olish uchun intilishlari;

dars jadvali asosida darslarga o‘z vaqtida kelishi, barcha darslarda ishtirok etishi, sababsiz dars qoldirmasliklari;

o‘quv jarayoni uchun kerak bo‘lgan barcha jihozlarni, kundalik daftari, darslik, o‘quv qo‘llanmalari va daftarlarini to‘liq olib kelish;

ushbu Ustavda belgilangan o‘quvchi formasida kelish; 

o‘qituvchilar tomonidan berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish;

o‘z bilimi va amaliy ko‘nikmalarini mustaqil ravishda oshirish
va mustahkamlab borishlari hamda umumlashtirish saviyalarini yuksaltirish;

umumta’lim muassasasi va jamoat topshiriqlarini bajarishda faollik ko‘rsatish;

umumta’lim muassasasi mulkini asrab-avaylash.

 

66. O‘qituvchilar:

o‘zi dars beradigan fanini yaxshi bilishi va yetarli kasbiy mahoratga ega bo‘lishi;

umumta’lim muassasasida va pedagogik jamoa orasida o‘z bilimi, yurish-turishi, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlari, ichki va tashqi madaniyatliligi, namunaviy turmush tarzi, kiyinish madaniyati bilan boshqalarga o‘rnak bo‘lishlari;

ijtimoiy hayot uchun maqbul bo‘lmagan xatti-harakatlar qilishdan saqlanishlari, o‘quvchilarining ham xatti-harakatlaridan xabardor bo‘lishlari;

umumta’lim muassasasi obro‘si, ta’lim-tarbiya sifati
va samaradorligini oshirish yo‘lida faollik ko‘rsatishlari;

kasb mahoratining yuksak darajada bo‘lishi, ta’lim oluvchilarning o‘quv dasturlarini davlat ta’lim standartlari darajasida o‘zlashtirishlarini ta’minlashlari;

o‘quvchilar shaxsini hurmat qilishlari va ularni zo‘ravonlikning barcha ko‘rinishlaridan himoya qilishlari;

o‘quvchilarni mavjud qonunlarga, mehnatga, ota-onalarga, ma’naviy, tarixiy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashlari, o‘quvchilarni bir-birini hurmat qilish, ahillik va inoqlik ruhida tarbiyalashlari;

mashg‘ulot o‘tkazishga o‘z vaqtida va sifatli tayyorgarlik ko‘rishlari, o‘z kasbiy malakasini muntazam ravishda oshirib borishlari;

belgilangan muddatlarda yoki malaka oshirishga ehtiyoj tug‘ilganda malaka oshirish institutlarida o‘z kasbiy mahoratlarini oshirishlari, yosh mutaxassislar esa o‘quv yurtini bitirganlaridan keyin uch yildan so‘ng malaka oshirishdan o‘tishlari; 

metodik kengash va metod birlashmalarning faoliyatida va boshqa shakldagi uslubiy ishlarda ishtirok etishlari;

pedagogik kengash va ta’lim muassasasi ma’muriyati tomonidan o‘tkazilayotgan majlislarda ishtirok etishlari;

o‘quvchilarning ota-onalari (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) bilan doimiy aloqada bo‘lishlari;

mazkur Ustav, ichki tartib qoidalarida belgilangan kiyinish madaniyati  talablariga amal qilishlari lozim.

 

67. Umumta’lim muassasasi direktori:

umumta’lim muassasasi faoliyatining barcha lavozim yo‘nalishlari bo‘yicha umumiy  rahbarlikni amalga oshiradi;

o‘z lavozimi bo‘yicha pedagogik kengash raisi hisoblanadi;

umumta’lim muassasasining o‘quv-tarbiya jarayoni va kundalik faoliyatiga bevosita rahbarlik qiladi;

ta’lim berish (o‘quv-tarbiya) ishini tashkillashtiradi, maktabning ma’muriy-xo‘jalik (ishlab chiqarish), moliyaviy ishini ta’minlaydi,  xavfsizlik texnikasi me’yorlari va qoidalariga rioya qilish tartibini yaratadi;

o‘z vakolatlari doirasida har bir xodimiga ular uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmani berishga haqli; 

Pedagogik kengash bilan birgalikda maktabni rivojlantirish strategiyasi, maqsadlari va vazifalarini belgilaydi; 

umumta’lim muassasaning rivojlanish dasturlarini, o‘quv rejalari, kurslar, fanlar, o‘quv-uslubiy hujjatlar, Ustav va ichki tartib qoidalarini ishlab chiqish, tasdiqlash va joriy etish ishlarini amalga oshiradi; 

umumta’lim muassasasining yangi o‘quv yiliga, kuz-qish mavsumiga tayyor bo‘lishini tashkil etadi va ta’minlaydi, maktabda obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshiradi, qabul qilish dalolatnomalarini imzolaydi;

umumta’lim muassasasi faoliyati jarayonida yuzaga keladigan o‘quv-uslubiy, ma’muriy, moliyaviy, xo‘jalik va boshqa masalalarni hal qilishda ishtirok etadi;

pedagog va boshqa xodimlari ishini rejalashtiradi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

kadrlarni tanlash va ishga qabul qilish ishlarini amalga oshiradi, xodimlarning lavozim majburiyatlarini belgilaydi, ularning kasbiy mahoratini oshirish uchun shart-sharoit yaratadi;

dars jadvali, o‘qituvchilarning kundalik va yillik  ish rejalarini, tarifikasiya ro‘yxatlari va mehnat ta’tillari jadvallarini tasdiqlaydi;

o‘quvchilar va xodimlarining salomatligini muhofaza qilish
va mustahkamlash, sog‘lom ovqatlantirish uchun kerakli shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlaydi, ularning ishini nazorat qiladi;

jamoa shartnomasi bajarilishini ta’minlaydi, maktab pedagoglar jamoasi, kasaba uyushmasi tashkilotiga ishlash uchun zarur sharoitlar yaratadi;

qonun hujjatlarida belgilangan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

 

68. Direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari:

 - direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari umumta’lim muassasasi direktorining tavsiyasiga ko‘ra tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limining mudiri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;

- direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari umumta’lim muassasasi direktori bilan hamkorlikda maktabdagi o‘quv jarayonini tashkil etadi, maktab pedagoglari jamoasiga uslubiy jihatdan rahbarlik qiladi, o‘quv jarayonida xavfsizlik texnikasi me’yorlari va qoidalariga rioya qilinishi tartibini ta’minlaydi, o‘quv ishi bo‘yicha hisobotlarni yuritadi va umumiy majburiy ta’lim bo‘yicha ishni tashkillashtiradi;

 - direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari bevosita umumta’lim muassasasi direktoriga bo‘ysunadi.

 

69. Direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari o‘z vakolatlari doirasida quyidagi vazifalarini bajaradi:

- pedagoglar jamoasining faoliyati bo‘yicha kundalik va istiqbol rejalashtirilishini tashkil etadi;

- o‘qituvchilar va boshqa pedagog xodimlarning o‘quv rejalarini
va dasturlarini bajarish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi;

- zaruriy o‘quv-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqilishini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;

- ta’lim jarayonining sifatini va o‘quvchilarning o‘zlashtirish natijalari ob’yektiv ravishda baholanishini, to‘garaklar va qo‘shimcha mashg‘ulotlar ishini muntazam nazorat qiladi;

- pedagog xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan darslarni muntazam tahlil etib boradi;  

- bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestasiyalarini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish ishlarini tashkil etadi;

- o‘quv jarayonini tashkil etish masalalari yuzasidan ota-onalar (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ni qabul qiladi;

- pedagog xodimlarga yangi dasturlar va pedagogik texnologiyalarni o‘zlashtirish va ishlab chiqishda yordam beradi;

- o‘quv mashg‘ulotlari va ta’lim faoliyati boshqa turlarining jadvallarini tuzadi, vaqtinchalik yo‘q bo‘lgan o‘qituvchilarning darslari sifatli va o‘z vaqtida almashtirilishini ta’minlaydi, qoldirilgan
va boshqa o‘qituvchi o‘rniga o‘tilgan darslarni qayd qilish jurnalini yuritadi;

- belgilangan hisobot hujjatlari o‘z vaqtida tuzilishini ta’minlaydi, pedagoglar tomonidan sinf jurnallari va boshqa hujjatlar to‘g‘ri va o‘z vaqtida yuritilishini nazorat qiladi;

- pedagog kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishda ishtirok etadi, ularning malakasini va kasbiy mahoratini oshirish ishlarini tashkil etadi, o‘quvchilar bilimlarini monitoringi o‘tkazishni amalga oshiradi;

- uslubiy birlashmalar ishiga rahbarlik qiladi, o‘z malakasini oshiradi;

- pedagoglar va boshqa xodimlarini attestasiyadan o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishda ishtirok etadi;

- pedagoglar va o‘quv-tarbiya xodimlar tarkibining ish vaqtini hisobga olish tabelini yuritadi, imzolaydi va   direktorga topshiradi;

- direktorning xo‘jalik ishlar bo‘yicha o‘rinbosari ishtirokida o‘quv xonalari, ustaxonalar, sport zali hamda yordamchi xonalarni pasportlashtirishni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishini tashkil etadi;

- mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalar hamda amaliy
va laboratoriya ishlarini bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalarda xavfsizlik texnikasi bo‘yicha bo‘limlar ishlab chiqilishini va muntazam qayta ko‘rib chiqilishini tashkil etadi;

- direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari bilan hamkorlikda yo‘l harakati, suzish havzalari va ko‘cha-ko‘yda o‘zini tutish, yong‘in xavfsizligi qoidalarini o‘rgatish uslubiyati va tartibini belgilaydi;

  - qonun hujjatlarida belgilangan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

 

70. Direktorning ma’naviy–ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari:

- direktorning ma’naviy–ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari direktorning tavsiyasiga ko‘ra tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limining mudiri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;

- direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari o‘quvchilar bilan sinfdan tashqari va maktabdan tashqari ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil qiladi, ma’naviy-ma’rifiy ishlarga  umumiy uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi;

- aniq bir tadbirlar o‘tkazilganida o‘quvchilar bilan sinfdan
va maktabdan tashqari ishlashda xavfsizlik texnikasi me’yorlariga
va qoidalariga rioya qilinishini ta’minlaydi, fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa jamoat tashkilotlar bilan hamkorlik  qiladi;

- direktorning ma’naviy–ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari bevosita  umumta’lim muassasasi direktoriga bo‘ysunadi.

 

71. Direktorning ma’naviy–ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari o‘z vakolatlari doirasida quyidagi lavozim vazifalarini bajaradi:

- o‘quvchilar bilan sinfdan tashqari va maktabdan tashqari olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha joriy va istiqbol rejalar tuzilishini va uning o‘tkazilishini  tashkil etadi;

- sinf rahbarlari, Yoshlar ittifoqi yetakchisi, psixolog, kutubxonachi, to‘garak rahbarlari va bevosita ushbu direktor o‘rinbosariga bo‘ysunuvchi boshqa xodimlarning ishini muvofiqlashtiradi.

- muntazam ravishda ma’naviy-ma’rifiy ishlar sifatini, to‘garaklar ishini va maktabdan tashqari tadbirlar o‘tkazilishi hamda to‘garak jurnallarini yuritilishini ta’minlaydi;  

- ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda bevosita ota-onalar (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) bilan hamkorlik qiladi;

- o‘quvchilarning darslarga qatnashishi (davomat)ni kundalik nazorat qiladi, surunkali dars qoldirayotgan o‘quvchilarni ota-onalar va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ta’limga jalb etish choralarini ko‘radi hamda belgilangan namunadagi davomat jurnalini yuritilishini ta’minlaydi;

- voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar sodir etilishini oldini olish yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan birgalikda profilaktik tadbirlar o‘tkazadi;

- muassasa psixologi bilan birgalikda voyaga yetmaganlar orasida
o‘z joniga qasd qilish va boshqa salbiy holatlarni oldini olish bo‘yicha suhbatlar o‘tkazadi;

- iqtidorli va qobiliyatli o‘quvchilarni aniqlash va ularni rivojlantirish bo‘yicha  tadbirlarni amalga oshiradi;

- muassasa kutubxonachisi bilan birgalikda o‘quvchilarni kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish yuzasidan targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazadi;

- o‘quvchilar va ularning ota-onalari (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) bilan sog‘likni muhofaza qilish, yo‘l transport xavfsizligi
va boshqa baxtsiz xodisalarni oldini olish yuzasidan tadbirlarni tashkil etadi; 

- o‘quvchilarning mazkur Ustav va ichki-tartib qoidalarida, odob-axloq qoidalarida belgilangan me’yorlarga amal qilinishi ustidan nazorat qiladi;

- o‘quvchilarning Ustavda belgilangan o‘quvchi formasida kelishlari, o‘quv qurollarini to‘liq olib kelishlari yuzasidan nazorat o‘rnatadi;

- qonun hujjatlarida belgilangan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

 

72. Direktorning xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari o‘z vakolati doirasida quyidagi lavozim vazifalarini bajaradi:

 

- direktorning xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari umumta’lim muassasasi direktorining tavsiyasiga ko‘ra tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limining mudiri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

- ta’lim muassasasi binolarining texnik holatiga, ya’ni saqlanishiga, barcha moddiy boyliklar (inventarlar, turli o‘quv ko‘rgazmali jihozlar)ning  saqlanishiga javobgardir.

- ta’lim muassasasidagi xo‘jalik ishchilarini nazorat qilish, har oyda   ishchi-xodimlarni ishga kelganligi xaqida tabel tayyorlaydi;

- moddiy tovar boyliklarning (muassasaga olib kelingan inventarlarni, xo‘jalik va kanselyariya mollarini kirim qilish, ularni o‘z vaqtida tarqatish, ro‘yxatdan chiqarilgan moddiy boyliklarni chiqim qilish) aylanma qaydnomasini yuritadi;

- har o‘quv yili boshlangunga qadar barcha jihozlarni ta’mirlash, har bir sinf xonasini, fan kabinetlarini, laboratoriyalarni ta’mirlash, jihozlash, yangi o‘quv yiliga taxt qilib, ro‘yxat bo‘yicha jihozlar, mebellarni sinf rahbarlariga, kabinet mudirlariga, laboratoriya mudirlariga belgilangan tartibda (topshirish-qabul qilib olish dalolatnomalari tuzilgan holda) topshiradi va o‘quv yili yakunlanganda ularni butun holatda qabul qilib oladi;

- kommunal to‘lovlar (gaz, suv, elektr va issiqlik energiyasi) bo‘yicha hisoblagichlarni kundalik ko‘rsatkichlarini olib, tahlil qilgan holda, byudjetdan ajratilgan mablag‘lardan tejamkorlik bilan foydalanishni tashkil qiladi;

- telefon tarmoqlaridan foydalanishda, aloqaning uzluksizligini, sifatini nazorat qilish hamda aloqa buzilgan hollarda hududiy telefon tarmoqlari bo‘linmalariga xabar berib, aloqani tiklash choralarini ko‘radi;

- ta’lim muassasasining sanitariya holatini talablar darajasida bo‘lishida farroshlar, binoni qo‘riqlashda qorovullar, atrof-muhitni obodonlashtirishda  texnik xodimlar ishini muvofiqlashtiradi;

- bir yilda bir marta jamoat komissiyasi bilan birgalikda moddiy boyliklarni turlari bo‘yicha xatlov (inventarizasiya)dan o‘tkazadi;

- muassasada ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarini tashkil etadi;

- kuz-qish mavsumida issiqlik tizimidan foydalanishda xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot bilan tuzilgan shartnomaga asosan issiqlik bosimining yetarli darajada bo‘lishini, uning davomiyligini, issiqlik yetarli darajada bo‘lmagan  kunlarda xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotga ma’lum qilish hamda ushbu kunlarni ro‘yxatga olib, xalq ta’limi tuman (shahar) bo‘limlarining markazlashtirilgan moliya-buxgalteriyasiga issiqlik uchun to‘lab beriladigan mablag‘larni qayta hisob-kitob qilishi haqida ogohlantiradi;

- kuz-qish mavsumiga muassasa binosi tomlarini, oyna va romlarini, isitish tizimini, kanalizasiya quvurlarini ta’mirlab, tayyor holga keltiradi;

- yakka tartibda isitiladigan ta’lim muassasalarida qattiq va suyuq yoqilg‘i materiallarini vaqtida yetkazish va sifatli saqlash, ularni belgilangan miqdorlarda sarflash hamda isitish tizimini optimal darajada ishlashini ta’minlaydi;

- yong‘in xavfsizligi asboblarini yetarli darajada bo‘lishini  nazorat qiladi.

 73. Ota-onalar:

- o‘zlarining voyaga yetmagan farzandlari uchun ta’lim shakllarini umumiy ta’lim muassasasi turi va o‘qish tilini tanlash;

- ta’lim muassasasi ma’muriyatidan maktab Ustavi asosida shart-sharoitlar yaratilishini, bolaga xurmat bilan munosabatda bo‘lishini talab qilish;

- ta’lim muassasasi faoliyatini boshqarishda hamda o‘quvchilarning manfaatlariga taalluqli masalalar muhokama qilinayotganda, ushbu muhokamada qatnashish huquqiga egadirlar.

 

 

5-bob. Umumta’lim muassasasi o‘quvchilari uchun yagona maktab formasiga qo‘yiladigan talablar

 

75. O‘quvchilar tomonidan yagona maktab formasini kiyishda quyidagi talablarga rioya etilishi lozim:

- kiyimlarning o‘ta tor yoki o‘ta keng bichimda bo‘lmasligi;

- qizlar uchun yubkaning uzunligi tizzadan 5-15 santimetr pastda bo‘lishi;

- o‘g‘il bolalar uchun shimning uzunligi oyoq to‘pig‘idan pastda bo‘lishi;

- oyoq kiyimlar poshnasining 3 santimetrdan baland bo‘lmasligi;

- ko‘ylakning eng yuqoridagi faqat bitta tugmasidan tashqari boshqa tugmalarining qadalgan bo‘lishi;

- kiyimlarning toza va dazmollangan bo‘lishi.

76. O‘quvchilar ta’lim muassasasi binosi ichida bosh kiyimsiz yurishlari lozim, ta’lim muassasasida o‘tkaziladigan turli tadbirlar jarayoni bundan mustasno.

77. O‘quvchilarning maktab formasini kiyish tartibiga rioya qilmaslik ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalarini buzish deb baholanadi va bunday o‘quvchilarga quyidagi choralar qo‘llanishi mumkin:

ogohlantirish;

kundalik daftarga qayd etish;

tushuntirish ishlarini olib borish uchun ota-onasini xabardor qilish;

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ta’lim muassasasidagi yig‘ilishlarda ota-onalar ishtirokida muhokama qilish.

78. O‘quvchilarning ta’lim muassasasiga maktab formasida kelishlarini ta’minlash uchun ota-onalar mas’ul hisoblanadi.

79. Ta’lim muassasasida o‘quvchilar tomonidan maktab formasini kiyish tartibiga rioya qilinishi ta’lim muassasasi rahbariyati, sinf rahbarlari, yoshlar yetakchisi va pedagog xodimlar tomonidan nazorat qilib boriladi.

80. Pyedagog xodimlar ta’lim muassasasi binosi ichida bosh kiyimsiz, klassik-rasmiy uslubdagi kiyim va pardoz (erkaklar: kostyum-shim va galstuk, oq (yoki oqish) rangdagi ko‘ylak, soch va soqol olingan; ayollar: kostyum-yubka, oq (yoki oqish) rangdagi kofta, soch turmaklangan, o‘ta qimmatbaho zeb-ziynatlarsiz)da yurishlari lozim.

 

 

4-bob. Yakuniy qoidalar

 

91. Umumta’lim muassasasining xalqaro hamkorligi xalqaro shartnomalar asosida xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan pedagogik axborot va tajriba almashish, pedagog xodimlarning malaka oshirishi hamda stajirovka o‘tashi shaklida amalga oshiriladi.

92. Umumta’lim muassasalari o‘quvchilarning ota-onalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, boshqa ta’lim muassasalari va nodavlat notijorat tashkilotlar bilan uzviy aloqada faoliyat ko‘rsatadi.

93. Umumta’lim muassasalarida ularning ish faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan tashkilotlar, jumladan siyosiy partiyalar va harakatlar tashkil etilishiga va faoliyat yuritishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

94. Umumta’lim muassasasini qayta tashkil etish yoki tugatish qonun talablariga muvofiq muassis (ta’sischi) tomonidan amalga oshiriladi.

Tugatilgan umumta’lim muassasasi muassisi (ta’sischisi) o‘quvchilarni ota-onalarning roziligi bilan boshqa umumta’lim muassasalariga o‘tkazish mas’uliyatini oladi.

95. Umumta’lim muassasasi tugatilgan taqdirda uning pul mablag‘lari va mol-mulkidan, uning majburiyatlarini qoplash bo‘yicha to‘lovlar chegirilgan holda, qonun hujjatlariga va umumta’lim muassasasining amaldagi Ustaviga muvofiq foydalaniladi.

96. Umumta’lim muassasasining amaldagi Ustavini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limining yuristi bilan kelishilgan holda qayta amalga oshiriladi.

97. Mazkur Ustav talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.

info@maktab.uz
@https://www.facebook.com/groups/www.maktabim254.uz